Xayrulla Bozorov Farg'ona viloyati hokimi etib tasdiqlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg'ona shahrida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida 2020 yil sentyabr oyidan buyon Farg'ona viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Xayrulla Bozorov nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi.
Ovozga qo'yish natijalariga ko'ra, Xayrulla Bozorov Farg'ona viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41017 | Инструменты