Huawei 1
Vladimir Norov Xitoyning “Do‘stlik” mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekistonning sobiq tashqi ishlar vaziri va Shanxay hamkorlik tashkilotining sobiqbosh kotibi Vladimir Norov Xitoyning “Do‘stlik” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda Norov LinkedIn tarmoqg‘ida xabar qildi.

Mukofotini topshirish marosimi 30 sentyabr kuni Pekin shahridagi Xalq yig‘inlari uyida bo‘lib o‘tdi.

Oliy davlat mukofoti dunyoning 27 mamlakatidan 50 nafar taniqli ekspertga topshirildi. XXR Davlat kengashi aʼzosi Shen Isin sovrindorlarni tabriklab, barcha xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi, ularning Xitoyni modernizatsiya qilish jarayoniga, Xitoy va butun jahon hamjamiyati o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasini qayd etdi.

Norov bu mukofot bilan taqdirlangan tarixdagi birinchi O‘zbekiston vakili bo‘ldi.

«Men bu mukofotni madaniyatlar va xalqlar o‘rtasidagi hamkorlik kuchiga ishongan barchaning nomidan qabul qilmoqdaman. „Do‘stlik“ mukofoti bizga birgalikda ishlash orqali nafaqat farovonlik, balki insonlar o‘rtasida ishonch, o‘zaro tushunish va mustahkam aloqalarni yaratishimiz mumkinligini eslatadi», — dedi Norov o‘zining minnatdorchilik nutqida.

«Ushbu ishga hissa qo‘shgan Xitoy hukumati, Shanxay xalqaro tadqiqotlar universiteti, hamkasblarim va ko‘plab hamkorlarimga samimiy minnatdorlik bildiraman. Do‘stlik va hamkorlik ruhi bizni yana-da yaqin, adolatli va farovon dunyo sari yetaklayversin», — deya qo‘shimcha qildi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100401 | Инструменты