Huawei 1
Toshkentda O‘zbekiston-Fransiya Iqtisodiy palatasi ochildi

Toshkentda Oʻzbekiston-Fransiya Iqtisodiy palatasining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu tashabbus Fransiya Respublikasi Prezidenti E.Makronning 2023-yil noyabr oyida O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida davlat rahbarlari tomonidan bildirilgan edi.

Fransiya-O‘zbekiston iqtisodiy palatasi hozirda 50 dan ortiq fransuz kompaniyasi va tadbirkorlarini hamda ularning o‘zbekistonlik hamkorlarini birlashtiradi. Palata har ikki davlatning davlat idoralari bilan munosabatlarni mustahkamlab boradi hamda ularga ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar beradi. Palata o‘zining fransuz va o‘zbekistonlik tadbirkorlari manfaatlarini faol himoya qilib boradi.

Tadbir davomida fransuz kompaniyalarining O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi, turizm, tog‘-kon sanoati, energetika kabi ustuvor yo‘nalishlarda faoliyatini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zaro manfaatli loyihalarni yanada rivojlantirishda har ikki tomon tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorlik bildirildi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va “O‘zbekiston-Fransiya” iqtisodiy palatasi prezidenti Joan Gola Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar. Hujjatda Palata faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida munosabatlarni yanada rivojlantirishning aniq mexanizmlari belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga