Ijtimoiy tarmoqlarda "Maktabmi bu yoki qimorxona?" sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi.
Holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.
Videolavhadagi voqea 2024-yil 23-aprel kuni Yunusobod tumanidagi 235-sonli umumta’lim maktabida 8-"B" sinf o‘quvchilari tomonidan tarix fani darsi chog‘ida sodir etilganligi aniqlangan.
Dars jarayoniga xalaqit qilib, "kartabozlik" qilgan to‘rt nafar o‘quvchi va ularning ota-onalari maktabga chaqirtirilib, Milliy gvardiya, IIB xodimlari, psixolog hamda maktab ma’muriyati ishtirokida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.
O‘quvchilarning ota-onalariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan jarima qo‘llandi. 8-"B" sinf rahbari N.B. ga nisbatan intizomiy chora ko‘rilgan.