Ishtirokchilar test savollarini yechish, estafeta yugurish, pnevmatik miltiqdan o'q otish, 11 metrdan darvozaga to'p kiritish kabi shartlar bo'yicha kuch sinashishdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakultetida poytaxtlik yoshlar o'rtasida “Shahdam qadamlar” shiori ostida harbiy sport festivali bo'lib o'tdi.
Musobaqani Mudofaa Qurolli Kuchlari faxriysi Tal'at Murodov ochib berdi. Uning ta'kidlashicha, yurtimizning yosh avloddan umidi katta, ularning bilimi va kuchi, g'ayrati va jasorati ertangi qudratimiz hamda tinchligimizni ta'minlovchi asosiy kuch hisoblanadi.
Ishtirokchilar test savollarini yechish, turnikda tortilish, estafeta yugurish, pnevmatik miltiqdan o'q otish, basketbol to'pini savatga uloqtirish, 11 metrdan darvozaga to'p kiritish, arqon tortish kabi shartlar bo'yicha bellashishdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra, harbiy sport festival musobaqasida jamoalar o'rtasida faxrli 1-o'rinni 5-sonli umumta'lim maktabining “Patriot” jamoasi egalladi, ular diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi. 2-o'rin 105-sonli umumta'lim maktabining “Qalqon” jamoasiga nasib etgan bo'lsa, 3-o'rinni 272-sonli umumta'lim maktabining “Shahriston” jamoasi qo'lga kiritdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40503 | Инструменты