Huawei 1
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan hududlarda qator tayinlovlar amalga oshirildi

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan hududlarda qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Xususan:

Bo‘riyev Umidjon Hamro o‘g‘li Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining tibbiy yordamni tashkillashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Umidjon Bo‘riyev 2017 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialini tamomlagan.

Turli yillarda Jarqo‘rg‘on tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida umumiy amaliyot shifokori, tuman tez tibbiy yordam bo‘limi mudiri, tibbiyot birlashmasi bosh shifokorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Umidjon Bo‘riyev tayinlovga qadar Angor tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Turdibayeva Raʼnoxon Azimjanovna Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Raʼnoxon Turdibayeva 1993 yil Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

Turli yillarda Andijon shahar 1-bolalar poliklinikasi pediatriya bo‘limi mudiri, Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh immunologi, Andijon shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibasi R. Turdibayeva tayinlovga qadar Mo‘ynoq tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari v.v.b. vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Rahimov Salimboy Karimovich Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Salimboy Rahimov 2007 yil Buxoro davlat tibbiyot institutining bakalavr bosqichini tamomlagan. 2007 – 2009 yillarda klinik ordinatura bo‘yicha tahsil olgan.

Turli yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali shifokori, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Salimboy Rahimov tayinlovga qadar Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tibbiy yordamni tashkillashtirish bo‘limi mudiri vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62203 | Инструменты