Saida Mirziyoyeva maʼlum qilishicha, Urgutga safar yangi temiryo‘l orqali amalga oshirilgan va u hudud infratuzilmasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Rasmiy manbalarga ko‘ra, “Samarqand – Urgut” yangi temiryo‘l liniyasi qurilishi 2025 yil fevral oyida boshlangan bo‘lib, umumiy uzunligi 55 kilometrni tashkil etadi. Loyiha doirasida 2 ta vokzal, “Urgut” iqtisodiy zonasida 2 ta yuk stansiyasi va bir qator ko‘priklar barpo etilgan, kelgusida liniyani to‘liq elektrlashtirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston–Tojikiston chegarasida savdo, logistika va tibbiyot markazlarini tashkil etish loyihasi bilan tanishganini bildirib, asosiy maqsad hududni tranzit nuqtadan iqtisodiy faoliyat markaziga aylantirish ekanini taʼkidlagan.
Qayd etilishicha, yangi logistika markazi kuniga 100 tagacha yuk avtomobiliga xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida bojxona jarayonlarida byurokratiyani qisqartirish, tezlik va shaffoflikni oshirishga ham urg‘u berilgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, diagnostika markazida 200 nafar bemor, savdo markazida esa 800 nafar tadbirkor uchun sharoit yaratilishi ko‘zda tutilmoqda. Shu orqali Tojikiston fuqarolari ham ortiqcha hujjatbozlik va navbatlarsiz savdo qilishlari, tibbiy xizmatlardan foydalanishlari mumkinligi qayd etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121814 | Инструменты