O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan Yevropa Ittifoqining Ichki ishlar va migratsiya bo‘yicha bosh direktorati ekspertlari muzokaralarining birinchi bosqichi o‘tkazildi.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti maʼlumotiga ko‘ra, tadbir davomida mehnat faoliyatini amalga oshirish, o‘qish uchun borayotgan O‘zbekiston fuqarolari, yuk mashinalari haydovchilari, turistik guruhlar uchun viza tartib-taomillarini soddalashtirish imkoniyatlari muhokama qilingan.

Xususan, Yevropa tomoni O‘zbekiston fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish masalasini Yevrokomissiya yig‘ilishiga kiritish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan bir qator shartlarni belgilab bergan. Ushbu shartlar qanday ekaniga xabarda aniqlik kiritilmagan.

Taʼkidlanishicha, qayd etilgan maqsadlarga tez fursatda erishish uchun shu kabi muloqotlarni davom ettirishga kelishilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121814 | Инструменты