Huawei 1
Ravshan Ermatov FIFA qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov 2025−2029 yillar uchun FIFAning Futbolda texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamli rivojlanish qo‘mitasi rais o‘rinbosari etib tayinlandi.

Qo‘mita futbolni zamonaviy texnologiyalar orqali rivojlantirishga qaratilgan eng muhim tuzilmalardan biri hisoblanadi. U VAR, golni aniqlash texnologiyasi, yarimavtomatik ofsayd tizimi, raqamli monitoring, sunʼiy intellekt kabi innovatsion yechimlarni rivojlantirish, sinovdan o‘tkazish va futbolga joriy etish ustida ish olib boradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101318 | Инструменты