Prezidentning farmoyishi bilan Qashqadaryo va Samarqand viloyati soliq boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi.
Eshmatov Sirojiddin Togʻaymurodovich Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Sirojiddin Eshmatov 1971-yil Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. Maʻlumoti oliy. U 1991-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini, 1999-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Sirojiddin Eshmatov tayinlovga qadar Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eshmatov Sirojiddin Togʻaymurodovich soliq xizmatining I darajali maslahatchisi.
Tolliyev Elyor Musurmanovich Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Elyor Tolliyev 1983-yil Samarqand viloyatida tugʻilgan. Maʻlumoti oliy. U 2004-yilda Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini, 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Elyor Tolliyev tayinlovga qadar Urgut tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.