O'zbekistonda sun'iy intellekt rivojlantiriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihlari muhokamasi portalida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-yillarda O'zbekiston Respublikasida sun'iy intellektni rivojlantirish strategiyasi”ga oid farmoni loyihasi muhokamaga qo'yildi.

Olimlarning ta'rifiga ko'ra, sun'iy intellekt insonning mantiqiy va ijodiy funksiyalarini bajaruvchi intellektual sun'iy tizimdir.
Sun'iy intelekt hozirgi axborot asrida nihoyatda dolzarb bo'lib, insoniyat sun'iy intellekt orqali XXI asrning global muammolariga ilm-fanda yangi imkoniyatlarni kashf etish yo'li bilan ijobiy yechimlarni topadi. Shuningdek, bu tibbiyot, ta'lim, energetika, qishloq ho'jaligi, shaharsozlik va boshqa barcha sohalarda sifatli xizmat ko'rsatish imkoniyatlarini oshiradi.

Sun'iy intellektni rivojlantirishda oliy ta'lim muassasalarining o'rni yildan-yilga ortib bormoqda. 2019-yil yakuni bo'yicha Xitoy Xalq Respublikasi o'zining oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan dunyo mamlakatlari ichida dastlabki 10 talikda yetakchilikni qo'lga kiritdi. Keyingi o'rinlarni Koreya, AQSH, Yaponiya va Yevropa davlatlari egallagan. Umuman, dunyoda sun'iy intellektga talab va uning qo'llanilish sohasi ham ortmoqda.

Mamlakatimizda ham so'nggi yillarda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, soha va tarmoqlar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish, “aqlli dasturlar”ning qo'llanish sohasini kengaytirish bo'yicha davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi va ijro etilmoqda.

Loyihada esa bevosita sun'iy intellekni rivojlantirish uchun muhim bo'lgan hujjatlar keltirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40406 | Инструменты