Joriy yil 9-noyabr kuni Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda muddati yakuniga yetgan 17 nafar sudyani ushbu lavozimda bo‘lishining navbatdagi muddatiga, 3 ta bo‘sh sudyalik lavozimi uchun hujjat topshirgan 5 nafar nomzodni ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlashga oid masalalar muhokama etildi.
Muhokamalar yakunida ularning 13 nafari faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
Turaxodjayev Farrux Sobirjonovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Umirov Baxtiyor Ergashovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga;
Quvvatov Sirojiddin Ergashevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Jizzax viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Alimov Akmal Ulug‘bekovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Samarqand viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga;
Jurayev Bexzod Xamidovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Samarqand viloyati Payariq tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;
Omonov Abrorjon Alimjonovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Uchko‘prik tuman sudining raisi lavozimiga;
Kasimov Jamolxon Odilovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Farg‘ona viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga;
Akbarov Azizbek Avazbekovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Farg‘ona viloyati Marg‘ilon tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;
Suyunov Ollamurat Muxtarovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
Azizov Iqboljon Gulyamovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
Akbarov Saidazizxon Saidazamxonovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Farg‘ona viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
Kazakov Bekzod Olimovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
Abdukaxarova Durdonaxon Maxamatxodjayevna – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq O'zbekistondagi 11 nafar sudya ishidan ozod etilib, yangi lavozimga tayinlangan. Oktyabr oyida O'zbekistonning oltita hududiga yangi sudyalar tayinlangan. Shuningdek, Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 5 nafar sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan. O'zbekistonda 6 oy ichida 41 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51116 | Инструменты