Huawei 1
O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollardan oshdi

2023-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollardan oshdi. Germaniya sarmoyalarining o‘zlashtirilgan hajmi esa 913,2 million yevroni tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov hamda Germaniyaning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Tilo Klinner uchrashuvida qayd etildi.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muzokarada ikki tomonlama sheriklikning bugungi holati, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Vazir va elchi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni chuqurlashtirishga intilishni tasdiqlab, o‘zaro savdoni yanada kengaytirish va diversifikatsiya qilishga kelishgan.

O‘zbekistonda olmoniyalik hamkorlar bilan birgalikda qiymati 10 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 100 dan ortiq qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120613 | Инструменты