O‘shda O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi ochildi

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida O‘zbekiston Bosh konsulligining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ochilish marosimida O‘sh shahri vitse-meri Nurbek Kadirov, Qirg‘iziston prezidentining O‘sh viloyatidagi muxtor vakili Elchibek Jantayev, O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Xurshid Mirzohidovlar ishtirok etdi.

"Konsullik O‘zbekiston bilan iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yana-da rivojlantirish, mamlakatdagi o‘zbekistonlik fuqarolarga har tomonlama yordam ko‘rsatish uchun ochiq", — deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты