Huawei 1
Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Maʼlum qilinishicha, Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Siti Ruhaini Juhayatin xonimdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram kanalida xabar qildi.

Muloqot davomida siyosiy muloqotdan tortib, iqtisodiy diplomatiyagacha bo‘lgan barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini taʼkidlangan.

“Elchi xonimning boy tajribasini qadrlaymiz va mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”,- deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70720 | Инструменты