Huawei 2
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz bilan uchrashuv o‘tkazdi

28-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalar tobora mustahkamlanib borayotgani, bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘rtasidagi yaqin, samimiy va birodarlik rishtalari muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.

So‘nggi yillarda hududlararo hamkorlik ham jadal rivojlanib bormoqda. Birgina o‘tgan yilning o‘zida yurtimizga Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni, Shensi, Shandun, Szyansu, Szyansi, Anxoy va boshqa provinsiyalar rahbarlari tashrif buyurdi.

Muloqot davomida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yana-da kengaytirish, shu bilan birga, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi, taʼlim, turizm va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish zarurligi qayd etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga