Huawei 1
Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikki pog‘ona yuqoriladi

15-fevral kuni Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) reytingining 2024-yildagi dastlabki yangilanishi kuzatildi. Osiyo kubogida chorak finalga qadar yetib borgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi yangi reytingda 66-o‘rinni band etdi.

Srechko Katanets shogirdlari o‘z o‘rnini o‘tgan oyga nisbatan ikki pog‘onaga yaxshilab oldi. Osiyo terma jamoalari ichida eng yaxshi natija hamon Yaponiyaga tegishli bo‘lib turibdi. “Kunchiqar yurt” vakillari qit’a birinchligidagi muvafaqqiyatsiz ishtirokidan so‘ng reytingda 1 pog‘ona pastlab 18-o‘ringa joylashdi.

Osiyo termalari ichida eng katta sakrashni Osiyo kubogi g‘olibi Qatar amalga oshirdi. Qatarliklar o‘z o‘rnini bir varakayiga 21 pog‘onaga yaxshilab, 37-o‘rinni egalladi.

Kuchli o‘ntalikda o‘zgarishlar kuzatilmadi. Hamon Argentina terma jamoasi jadvalda karvonboshilik qilmoqda.

15-fevral holatiga ko‘ra FIFA reytingi:

1. Argentina;

2. Fransiya;

3. Angliya;

4. Belgiya;

5. Braziliya;

6. Niderlandiya;

7. Portugaliya;

8. Ispaniya;

9. Italiya;

10. Xorvatiya.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52001 | Инструменты