Huawei 1
O‘zbekistonning qaysi hududida o‘lim ko‘p kuzatilayotgani maʼlum qilindi

O‘zbekistonda joriy yilning I choragida vafot etganlar soni o‘tgan yilning mos davridagidan 1 200 nafarga ko‘p bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligi press–relizida keltirilgan.

Agentligi tahliliga ko‘ra, mamlakatda 2024-yilning yanvar–mart oylarida 40 200 nafar odam vafot etgan (2023-yil I choragida 39 000 ta o‘lim qayd etilgan). Shundan erkaklar soni 21 900 ming, ayollar 18 300 ming nafar.Hududlar kesimida o‘limlarning eng ko‘p ulushi Samarqand (jami ko‘rsatkichning 11,1 foizi) va Farg‘ona viloyatlari (10,4 foiz) hamda Toshkent shahrida (9,7 foiz) qayd etilgan. Eng kam ulush Sirdaryo (2,5 foiz), Navoiy (2,9 foiz), Jizzax viloyatlari (3,7 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar bo‘yicha Toshkent shahrida vafot etish koeffitsiyenti eng yuqori, Jizzax viloyatida esa eng kam bo‘lgan.

O‘lim sabablari

Agentlik qayd etilgan o‘limlarning qariyb 57,9 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 7,5 foizi nafas olish aʼzolari muammolari, 9,1 foizi o‘simtalardan kelib chiqqanini maʼlum qilgan. Shu bilan birga, 4,5 foiz odam baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,1 foizi ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklari, 1,2 foizi yuqumli va parazitar kasalliklardan vafot etgan. Qolgan 15,7 foiz insonlar boshqa turdagi kasalliklar taʼsirida olamdan o‘tgan.

Shaharlarda o‘lim ko‘proq

Yanvar–mart oylarida 22 500 nafar odam shahar joylarida, 17 700 nafari qishloq joylarida vafot etgan. Uch oylik ko‘rsatkichlarga qaraganda, fevral oyida yanvar va martdagiga qaraganda eng ko‘p — 16 865 nafar inson olamdan o‘tgan.

Agentlik tahliliga ko‘ra, hisobot davrida respublikada har 100 000 erkakdan 239,2 nafari, har 100 000 ayoldan 199,1 nafari vafot etgani oydinlashgan.

Nikohlar va tug‘ilishlar

2024-yil 1-aprel kuni O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 36 963 300 kishini tashkil etdi. Yanvar–mart oylarida respublikada 48 582 nikoh tuzildi, 11 481 ta nikohdan ajralishlar qayd etildi. Uch oy davomida mamlakatda 205 700 nafar chaqaloq tug‘ildi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga