Huawei 2
UzAutoMotors 8-may kuni Lacetti'ga shartnoma ochilishini eʼlon qildi

UzAutoMotors 8-may kuni soat 10:00 da 4 500 dona Chevrolet Lacetti avtomobili uchun kontraktatsiya ochilishi rejalashtirilganini eʼlon qildi.

“Barcha avtomobillar shu zahoti olib ketish imkoniyati bilan shartnoma tuzish uchun mavjud. Shuningdek, Damas va Labo avtomobillari uchun ham shartnoma tuzishingiz mumkin”, — deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, avtomobillar narxi o‘zgarishsiz qoladi.

“Bundan tashqari, UzAutoMotors avtozavodi yaqin kunlarda Chevrolet Cobalt avtomobilini yangilangan modifikatsiyada ishlab chiqarishni boshlaydi. Unda eksteryerning qisman restaylingi mavjud bo‘ladi. Yangilangan avtomobillardagi o‘zgarishlar va kontraktatsiya vaqti haqida keyinroq xabar beriladi”, — deyilgan maʼlumotda.

Izohlar: 10
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga