Huawei 2
To‘rt nafar hakam diskvalifikatsiya qilinib, jazoga tortildi

To‘rt nafar hakam diskvalifikatsiya qilinib, jazoga tortildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar qo‘mitasi xabar bergan. 

O‘zbekiston kubogi 1-turi yakunlariga ko‘ra, yuzaga kelgan 5 ta bahsli vaziyatlar yuzasidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar qo‘mitasi qarori eʼlon qilindi.

Unga ko‘ra:

Joriy yilning 13 aprel kuni O‘zbekiston kubogi H guruhi doirasida bo‘lib o‘tgan “Andijon” – “Dinamo” bahsi birinchi yordamchi hakami Ruslan Serazitdinov o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,4 (qoniqarsiz) bahosiga loyiq ko‘rildi. Unga ko‘ra, O‘FA Hakamlar qo‘mitasi tomonidan Ekspert-hakamlar komissiyasining chiqargan xulosasi, uchrashuv nazoratchisining qo‘ygan bahosi inobatga olingan holda Ruslan Serazitdinovga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3.3-bandiga muvofiq, barcha musobaqalardan 2024 yil 3 iyunga qadar, yaʼni Superliga bahslaridan 5 ta tur hamda O‘zbekiston kubogi bahslaridan 2 ta tur uchrashuvlariga chetlatish, o‘yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 75% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo‘llanildi;

O‘zbekiston kubogi H guruhi 1-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Navbahor” bahsi bosh hakami Temur To‘xtasinov o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,4 (qoniqarsiz) bahosiga loyiq ko‘rildi. Unga ko‘ra, O‘FA Hakamlar qo‘mitasi tomonidan Ekspert-hakamlar komissiyasining chiqargan xulosasi, uchrashuv nazoratchisining qo‘ygan bahosi inobatga olingan holda bosh hakamga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3.3-bandiga muvofiq, barcha musobaqalardan 2024 yil 3 iyunga qadar, yaʼni Superliga bahslaridan 5 ta tur hamda O‘zbekiston kubogidan 2 ta tur uchrashuvlariga chetlatish, o‘yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 75% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo‘llanildi;

O‘zbekiston kubogi D guruhi 1-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Zomin” bahsi bosh hakami Ibrohim Ismoilov o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,9 (qoniqarli) bahosiga loyiq ko‘rildi. O‘FA Hakamlar qo‘mitasi tomonidan bosh hakamga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3.1-bandiga muvofiq, barcha musobaqalarning 1 ta tur bahslaridan chetlatish, o‘yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 25% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo‘llanildi;

O‘zbekiston kubogi E guruhi 1-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv-BFK” – “Chig‘atoy” bahsi bosh hakami Akmal Rahimov o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,9 (qoniqarli) bahosiga loyiq ko‘rildi. O‘FA Hakamlar qo‘mitasi tomonidan bosh hakamga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3.1-bandiga muvofiq, barcha musobaqalarning 1 ta tur bahslaridan chetlatish, o‘yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 25% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo‘llanildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga