Huawei 1
“Real” Karlo Anchelotti ketishini eʼlon qildi

Karlo Anchelotti Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etadi. Tegishli bayonot klub rasmiy saytida eʼlon qilindi.

Italiyalik mutaxassis “Real” bosh murabbiyi sifatidagi so‘nggi o‘yinni 24 may kuni Ispaniya chempionati oxirgi turi doirasida «Real Sosyedad»ga qarshi Madridda o‘tkazadi.

«Karlo Anchelotti “Real” abadiy tarixining bir qismi bo‘lib qoladi. Biz unga ajoyib yutuqlari va klub qadriyatlarining benuqson timsoli uchun minnatdorchilik bildiramiz», dedi klub prezidenti Florentino Peres.

65 yoshli Anchelotti 2021 yildan buyon “Real”ni boshqarmoqda, bungacha klubda 2013 yildan 2015 yilgacha ishlagan. Uning rahbarligida jamoa uch marta Chempionlar Ligasi, ikki marta Ispaniya chempioni bo‘lgan, shuningdek, boshqa ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan, jumladan, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va UYEFA Superkubogini. U 15 ta sovrin bilan “Real” tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy hisoblanadi.

Avvalroq, Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) Anchelotti milliy jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanganini eʼlon qilgan edi.

Oldinroq, ommaviy axborot vositalari ispaniyalik Xabi Alonso “Real”ning yangi bosh murabbiyi bo‘lishi haqida yozgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61503 | Инструменты