Koul Palmer "Everton"ga qarshi o'yinda poker qayd etdi va Premyer-liga to'purarlari poygasida peshqadamga aylandi.
Quyida ushbu ro'yxatdan joy olgan futbolchilar keltirilgan:
4-6 o'rinlar - Dominik Solanke
"Bornmut" forvardi APLning 32 ta uchrashuvida 17 ta gol urdi.
4-6 o'rinlar - Muhammad Saloh
"Liverpul" hujumchisi 26 o'yinda 17 ta gol urgan.
4-6 o'rinlar - Aleksandr Isak
"Nyukasl" forvardi 24 uchrashuvda 17 ta golga mualliflik qilgan.
3-o'rin - Olli Uotkins
“Aston Villa” hujumchisi 23 uchrashuvda raqiblar darvozasiga 19 ta gol kiritgan.
1-2 o'rin - Koul Palmer
"Chelsi" hujumchisi 28 o'yinda 20 ta gol urgan.
1-2 o'rin - Erling Holland
"Manchester Siti" hujumchisi mavsum boshidan beri 26 uchrashuvda 20 ta gol urdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12117 | Инструменты