Portugaliya terma jamoasi UYEFA Millatlar ligasi g'olibiga aylandi

Kecha Portu shahridagi "Dragau" stadionida UEFA Millatlar ligasining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda mezbon Portugaliya terma jamoasi Gollandiyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 1:0 hisobida Fernandu Santush shogirdlarining g'alabasi bilan yakunlandi. O'yindagi yagona golni Gonsalu Gedesh urishga muvaffaq bo'ldi.
Shu tariqa, Portugaliya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasining ilk g'olibiga aylandi.
Uchinchi o'rin uchun Shveysariya va Angliya terma jamoasilari kuch sinashishdi va unda penaltilar seriyasi orqali inglizlarning qo'li baland keldi.

UEFA Millatlar ligasi
Final
Portugaliya – Gollandiya 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 60 Gedesh.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Diash, Gerreyru, Nelson Semedu, Fonte, Bernardu Silva, Danilu Pereyra, Gedesh (Rafa Silva, 75), Brunu Fernandesh (Moutinyu, 81), Vilyam Karvalyu (Ruben Nevesh, 90), Ronaldu.
Gollandiya – Sillessen, de Ligt, Blind, Dumfris, van Deyk, Depay, de Ron (de Yong, 81), Bergveyn (van de Bek, 60), Veynaldum, Babel (Promes, 46), de Yong.
Ogohlantirishlar: Dumfris (88), van Deyk (90).

Shveysariya – Angliya 0:0 (penaltilar seriyasida 5:6)
 Shveysariya -  Zommer, Sher, Akanji, Rodriges (Drmich, 87), Elvedi, Fernandesh (Zakariya, 61), Froyler, Shakiri (Suber, 65), Chaka, Mbabu, Seferovich (Okafor, 113).
 Angliya -  Pikford, Maguayr, Gomes, Rouz (Uoker, 70), Delf (Barkli, 105), Alli, Lingard (Sancho, 105), Sterling, Dayer, Aleksander-Arnold, Keyn (Uilson, 75).
 Ogohlantirishlar: Rouz (23), Lingard (27), Chaka (116).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42119 | Инструменты