Otabek Boymurodov U-23 Osiyo kubogida turnirning eng yaxshi darvozaboni bo‘lgan edi
OFK U-20 Osiyo Kubogida ishtirokchilari orasidan 4 nafar futbolchini tanlab olib, "kelajak yulduzi" nominatsiyasi bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi.
Unda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi posboni, U-20 Osiyo Kubogining eng yaxshi darvozaboni Otabek Boymurodov yutib chiqdi.
Tashkilot ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali o‘tkazgan so‘rovnomada Boymurodovga Ali Jassim (Iroq), Naomi Kumata (Yaponiya) va Kim Yong Xak (Koreya Resrublikasi) raqobat ko‘rsatdi.

Alpha version: 0.9.1.19 build 41619 | Инструменты