Huawei 1
Futzal. O‘zbekiston va Angola o‘rtasidagi bugungi uchrashuv 13-avgustga qoldirildi

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi 11-avgust kuni Portugaliyada mamlakatimiz mezbonlik qiladigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati ishtirokchisi – Angola terma jamoasiga qarshi maydonga tushishi kerak edi.

Biroq, viza bilan bog‘liq muammolar tufayli Angola terma jamoasi delegatsiyasi Santarem shahriga o‘z vaqtida yetib kela olmadi. 

Shu sababli tomonlar kelishuviga muvofiq, uchrashuv 13-avgust kuni o‘tkazilishi belgilandi.

Maʼlumot uchun, jamoamiz 13, 15-avgust kunlari Angola, 16-avgust kuni esa Portugaliyaga qarshi bahs olib boradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91406 | Инструменты