Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 3 ta davlat xaridlarida umumiy hisobda 1,4 mlrd so‘mlik qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.
Jumladan:
- 832 mln so‘mlik tibbiy to‘plamlar xaridi;
- 298 mln so‘mlik ekoturizm bo‘yicha master reja ishlab chiqish xizmati;
- 253,5 mln so‘mlik sud binosi uchun muzey jihozlari xaridi bo‘yicha tanlovlarda raqobat va xolislik prinsiplari buzilgan.
Agentlik taqdimnomalari asosida xarid komissiyalarining g‘olibni aniqlash bayonnomalari bekor qilindi va qonunga zid tartibda o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan xaridlarning oldi olindi.
To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120520 | Инструменты