Bugun Angliya Premer ligasining 11-tur uchrashuvlariga start berildi.
Turnir jadvalida peshqadamlar qatorida borayotgan "Liverpul" klubi bu turda "Arsenal" mehmoni bo'ldi. Shiddatli tarzda o'tgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 61-daqiqada Jeyms Milnerning goliga 82-daqiqada Aleksandr Lyakazett javob qaytara oldi. Shu tariqa, ikki klubning ham mag'lubiyatsiz seriyasi davom etadigan bo'ldi.
Biroz inqirozli vaziyatga tushib qolgan "Manchester Yunayted" jamoasi esa bu turda "Bornut" mehmoni bo'ldi va safarda irodali g'alabni qo'lga kiritdi. Kallum Uilson o'yinda hisobni ochgan bo'lsa, Marsial va Reshford bunga javob qaytarishdi. Bu g'alaba evaziga "MYU" turnir jadvalida 7-o'ringa chiqib oldi.
APL, 11-tur
Bornmut – Manchester Yunayted 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 11 Uilson, 1:1 – 35 Marsial, 1:2 – 90 Reshford.
Bornmut – Begovich, Kuk, Ake, Smit, Frensis, Lerma, Freyzer (Ayb, 74), Bruks, Kuk (Gosling, 68), Stanislas (Serman, 90), Uilson.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Shou, Yang, Lindelef, Mata (Reshford, 56), Fred (Errera, 56), Marsial, Pogba, Sanches (Lingard, 78), Matich.
Ogohlantirishlar: Shou (54), Lerma (58), Stanislas (63), Uilson (64), Yang (82), Smit (83), Reshford (90).
Arsenal – Liverpul 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 61 Milner, 1:1 – 82 Lyakazett.
Arsenal – Leno, Xolding, Kolashinats (Uelbek, 81), Bellerin, Mustafi, Mxitaryan (Ivobi, 68), Chaka, Torreyra, O'zil, Obameyang (Remzi, 73), Lyakazett.
Liverpul – Alisson, Gomes, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Milner, Fabino, Veynaldum, Mane, Saloh (Matip, 90), Firmino (Shakiri, 80).
Ogohlantirishlar: Fabino (52), Lyakazett (83).
Alpha version: 0.9.1.19 build 53121 | Инструменты