Huawei 2
“Andijon” - “Bunyodkor” o‘yinida raqibini tepgan Bekmurodov 2 ta o‘yinga chetlashtirildi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Superliga

2024-yilgi Superliga musobaqasida ishtirok etayotgan “Andijon”, “Neftchi” va “Nasaf” futbol klublari Superliganing 1-2-turlari hisobotini, “Dinamo plyus” futbol klubi 1-2-3-turlar hisobotini, “Surxon” futbol klubi esa 2-tur hisobotini O‘FAga taqdim etmagan. Reglament talablarini bajarmagani uchun mazkur futbol klublariga nisbatan jarima intizom chorasini qo‘llash belgilandi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Andijon”, “Neftchi”, “Nasaf”, “Dinamo plyus” va “Surxon” futbol klublariga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor lochinlari” — OKMK

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — OKMK uchrashuvining 67-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi M. Skrbich bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Milan Skrbichga (OKMK) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Metallurg” — “So‘g‘diyona”

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi “Metallurg” — “So‘g‘diyona” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “So‘g‘diyona” futbol klubi bosh murabbiyi I.Boshkovich bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ivan Boshkovichga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Olimpik” — “Lokomotiv”

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi “Olimpik” — “Lokomotiv” uchrashuvining 60-daqiqasida “Olimpik” futbol klubi futbolchisi X. Abdunabiyev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Xamidullo Abdunabiyevga (Olimpik) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf” — “Olimpik”

Superliga chempionatining 1-turi doirasidagi “Nasaf” — “Olimpik” uchrashuvining 84-daqiqasida “Nasaf” futbol klubi futbolchisi A. Davronov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Alibek Davronovga (Nasaf) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Andijon” — “Bunyodkor”

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi “Andijon” — “Bunyodkor” uchrashuvining 34-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi U.Ismonaliyev uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda raqib o‘yinchisining yelka qismiga oyog‘i bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Usmonali Ismonaliyevga (Bunyodkor) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi “Andijon” — “Bunyodkor” uchrashuvining 34-daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi F. Bekmuratov uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda “Bunyodkor” futbol klubi fubolchisi raqib o‘yinchisining yelka qismiga oyog‘i bilan zarba bergandan so‘ng, bu jarayonda u o‘z jamoadoshi, “Andijon” futbol klubi futbolchisini yiqilmaganini ko‘rib, uni yiqilishga chorlab, tepib, futbolchiga xos bo‘lmagan xatti-harakat qilgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Farhod Bekmuratovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi “Andijon” — “Bunyodkor” uchrashuvining 64-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi T. Abduxoliqov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Timurxo’ja Abduxoliqovga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi “Andijon” — “Bunyodkor” uchrashuvining 71-daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi A. Gulyamov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdulvoxid Gulyamovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon” — “Andijon”

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Surxon” — “Andijon” uchrashuvining 55-daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi F. Sohibjonov simulyatsiya harakati uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Farhodjon Sohibjonovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Surxon” — “Andijon” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Surxon” futbol klubi futbolchisi Y. Krimets raqib o‘yinchisini bo‘yin qismidan bo‘g‘ganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Yegor Krimetsga (Surxon) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Neftchi” — “Metallurg”

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Neftchi” — “Metallurg” uchrashuvi bosh hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 86-daqiqasida “Metallurg” futbol klubi futbolchisi D. Ergashev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Davronjon Ergashovga (Metallurg) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Neftchi” — “Metallurg” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi D. Turopov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Diyor Turopovga (Neftchi) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Neftchi” — “Metallurg” uchrashuvining 87-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi muxlislari tomonidan mehmon jamoaning texnik zonasi tomon turli buyumlar uloqtirilgani, uloqtirilgan buyumlar murabbiylardan biriga teggani, uchrashuvning 89-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi gol urgan vaziyatdan so‘ng “Neftchi” futbol klubi muxlislari tomonidan takroran turli buyumlar uloqtirilgani va ulardan biri zaxhira hakamini boshiga teggani bilan bog‘liq holatlar qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Neftchi” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi. Mazkur holat takrorlangan taqdirda “Neftchi” futbol klubining uy uchrashuvlari muxlislarsiz o‘tishi to‘g‘risida ogohlantiriladi.

“Bunyodkor” — “Navbahor lochinlari”

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 86-daqiqasida “Navbahor lochinlari” futbol klubi bosh murabbiyi S. Babayan belgilangan talablarga rioya qilmasdan, bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Samvel Babayanga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Navbahor lochinlari” futbol klubi futbolchisi O‘. Yusupov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, O‘tkir Yusupovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“So‘g‘diyona” — “Olimpik”

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Olimpik” uchrashuvining 75-daqiqasida “So‘g‘diyona” futbol klubi futbolchisi L. Doriyev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Lyupche Doriyevga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “So‘g‘diyona” — “Olimpik” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Olimpik” futbol klubi futbolchisi T.Mamasidiqov simulyatsiya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Timur Mamasidiqovga (Olimpik) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

OKMK — “Dinamo plyus”

Superliga chempionatining 3- turi doirasidagi OKMK — “Dinamo plyus” uchrashuvida “Dinamo plyus” futbol klubi bosh murabbiyi A. Pyatnitskiy texnik zonada tamaki mahsulotini chekkanligi qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Andrey Pyatniskiyga (Dinamo plyus) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Lokomotiv” — “Paxtakor”

Superliga musobaqasining 3- turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Paxtakor” uchrashuvida “Lokomotiv” futbol klubi murabbiyi A. Stojmirovich tomonidan uchrashuv startiga 10-15 daqiqa ichida jamoasini tribuna osti yo‘lakchasiga saflanishga olib chiqmagan. Uning natijasida uchrashuv belgilangan vaqtdan 5 daqiqa kech boshlangan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Aleksandr Stojmirovich (Lokomotiv) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro-liga

“Sho‘rtan” — “Buxoro”

Proliga musobaqasining 1-turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Buxoro” uchrashuvining 36-daqiqasida “Sho‘rtan” futbol klubi futbolchisi M. Zoirov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Muxriddin Zoirovga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Aral” — “Do‘stlik Toshkent”

Proliga musobaqasining 1-turi doirasidagi “Aral” — “Do‘stlik Toshkent” uchrashuvining 51-daqiqasida “Do‘stlik Toshkent” futbol klubi futbolchisi M. Jumayev to‘pni atayin tepib yuborib, o‘yin vaqtini cho‘zib sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ma’ruf Jumayevga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Proliga musobaqasining 1-turi doirasidagi “Aral” — “Do‘stlik Toshkent” uchrashuvining 51-daqiqasida “Do‘stlik Toshkent” futbol klubi futbolchisi A. Alijonov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Anvarjon Alijonovga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Sho‘rtan” — “Buxoro”

Pro liga musobaqasining 1- turi doirasidagi “Sho‘rtan” — “Buxoro” uchrashuvida “Buxoro” futbol klubi uchrashuv startiga 75 daqiqa qolguniga qadar uchrashuv qaydnomasini to‘ldirish uchun futbolchilar litsenziyasini Liga komissariga taqdim etmaganligi qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Buxoro” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

U-21 chempionati
“Metallurg U21” — “So‘g‘diyona U21”

U21 chempionatining 2-turi doirasidagi “Metallurg U21” — “So‘g‘diyona U21” uchrashuvining 34-daqiqasida “So‘g‘diyona U21” jamoasi futbolchisi N. Soyibov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nodirjon Soyibovga (So‘g‘diyona U21) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“So‘g‘diyona U21” — “Olimpik U21”

U21 chempionatining 3-turi doirasidagi “So‘g‘diyona U21” — “Olimpik U21” uchrashuvining 83-daqiqasida “So‘g‘diyona” jamoasi futbolchisi M. Sobirov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Muhammadyusuf Sobirovga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Paxtakor U21” — “Nasaf U21”

U21 chempionatining 2-turi doirasidagi “Paxtakor U21” — “Nasaf U21” uchrashuvining 74-daqiqasida “Nasaf U21” jamoasi futbolchisi S. Baxromov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sardorbek Baxromovga (Nasaf U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

U21 chempionatining 2-turi doirasidagi “Paxtakor U21” — “Nasaf U21” uchrashuvining 87-daqiqasida “Nasaf U21” jamoasi texnik direktori B. Karayev belgilangan tartibga rioya qilmasdan, bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Botir Karayevga (Nasaf) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon U21” — “Paxtakor U21”

U21 chempionatining 1-turi doirasidagi “Surxon U21” — “Paxtakor U21” uchrashuvining 42-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi S. Poyonov simulyatsiya harakati uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sunatillo Poyonovga (Paxtakor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Lokomotiv U21” — “Metallurg U21”

U21 chempionatining 1-turi doirasidagi “Lokomotiv U21” — “Metallurg U21” uchrashuvining 35-daqiqasida “Metallurg” jamoasi futbolchisi R. Davronov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Raximjon Davronovga (Metallurg) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

U21 chempionatining 1-turi doirasidagi “Lokomotiv U21” — “Metallurg U21” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Metallurg” jamoasi futbolchisi Z. Raximjonov to‘pni atayin tepib yuborib, o‘yin vaqtini cho‘zib sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Zafarbek Raximjonovga (Metallurg) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Lokomotiv U21” — “Paxtakor U21”

U21 chempionatining 3-turi doirasidagi “Lokomotiv U21” — “Paxtakor U21” uchrashuvining 73-daqiqasida “Paxtakor U21” jamoasi futbolchisi A. Mo‘minov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Alisher Mo‘minovga (Paxtakor U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

U21 chempionatining 3-turi doirasidagi “Lokomotiv U21” — “Paxtakor U21” uchrashuvining 89-daqiqasida “Lokomotiv U21” jamoasi futbolchisi K. Yigitaliyev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Kamronbek Yigitaliyevga (Lokomotiv U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

U21 chempionatining 3-turi doirasidagi “Lokomotiv U21” — “Paxtakor U21” uchrashuvining 88-daqiqasida “Lokomotiv U21” jamoasi bosh murabbiyi S. Abdullayev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sadriddin Abdullayevga (Lokomotiv U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf U21” — “Qizilqum U21”

U21 chempionatining 3-turi doirasidagi “Nasaf U21” — “Qizilqum U21” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Nasaf U21” futbol klubi futbolchisi A. Odinov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Azizbek Odinovga (Nasaf U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga