Yangi Bank‘ning litsenziyasi bekor qilindi

O‘zbekiston Markaziy banki Boshqaruvining 15 yanvardagi qarori bilan, “Yangi Bank” AJ faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi chaqirib olindi.

“Mazkur qaror bank faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar yetarli darajada samara bermagani, jumladan, ustav kapitali miqdorini qonunchilikda belgilangan eng kam talablar darajasiga yetkazilmaganligi, shuningdek, banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim talablar bajarilmaganligi sababli qabul qilindi”, – deyiladi MB axborotida.

MB qarori bilan, bank faoliyatini belgilangan tartibda tugatish belgilandi va tugatish komissiyasi tayinlandi.

Regulyatorning qayd etishicha, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, bank ustav kapitalining eng kam miqdori 2025 yil 1 yanvardan boshlab 500 mlrd so‘mni tashkil etishi lozim. Biroq 2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, “Yangi Bank” AJning ustav kapitali 355 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11514 | Инструменты