Shayxontohur tumanida fuqaro mansabdorlar orqali talabaga o'qishni ko'chirib bergani uchun $ 5500 oldi
Shayxontohur tumanida oʻqishni boshqa respublikadan koʻchirib berish evaziga 5 500 AQSH dollari olgan firibgar ushlandi. Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ma'lum bo'lgan.
Aniqlanishicha, fuqaro X.X. noqonuniy daromad orttirishni koʻzlab, fuqaro Sh.ning ishonchiga kirgan.
Unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Qirgʻiziston Respublikasida joylashgan tibbiyot bilim yurtining 1-bosqichini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma tayyorlab berishni va shu orqali oʻqishni Toshkent tibbiyot akademiyasiga koʻchirib 2-bosqichdan davom ettirish masalasini hal qilib berishini aytadi.
Buning evaziga 5 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilayotgani ma'lum qilingan.
Avvalroq, Mirzo Ulug‘bek tumanida fuqaro mansabdor tanishi orqali 27 sotix yerni sotib yuborganihaqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92101 | Инструменты