Markaziy bank tijorat banklari tomonidan markazlashgan mablag‘lar hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditining yillik foiz stavkasi 0,5 foizga pasayganini ma’lum qildi.
26-iyuldan Markaziy bank boshqaruvining qaroriga asosan asosiy stavka 13,5 foizga pasaytirilgandi. Shu sababli markazlashgan mablag‘lar hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditining yillik foiz stavkasi mutanosib ravishda pasaydi.
O‘zbekistonda ipoteka kreditlari quyidagi tijorat banklari tomonidan ajratiladi:
- “Asaka bank”
- “Milliy bank”
- “Xalq” banki
- “Aloqabank”
- “Sanoatqurilishbank”
- “Biznesni rivojlantirish” banki
- “Mikrokreditbank”
- “Turon bank”
- “Agrobank”
- “Hamkor bank”
- “Oriyent finans bank”.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91405 | Инструменты