“Hamkorbank” ATB tomonidan “Onlayn omonat” xizmati joriy etildi

Davlatimiz rahbari tomonidan 2018 yil uchun qabul qilingan Davlat dasturiga ko‘ra zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish, jumladan «raqamli» banklar va chakana xizmatlarga ixtisoslashgan bank bo‘linmalarini tashkil etish kabi vazifalar belgilangan edi. Ushbu yo‘nalishda Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan xam keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan innovatsion bank texnologiyalarini joriy qilish, masofadan turib bank xizmatlarini ko‘rsatish, to‘lov tizimini yanada faollashtirish bankning 2018 yildagi asosiy vazifalari etib belgilangan.

Zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish tamoyillariga tayangan xolda bugungi kunda Hamkorbank mijozlarga Internet banking, Mobayl banking, SMS xabarnoma, Bankomat va infokiosklar va Internet bank kiosklar orqali mijozlarga masofadan bank xizmatlarini taklif etib kelmoqda. Butun respublika bo‘ylab 500 dan ortiq infokiosk va 200 dan ortiq Internet banking kioskalari o‘rnatilgan. Mijozlar tomonidan e’tirof etilib kelinayotgan xizmatlardan biri, bu Hamkor Mobile jismoniy shaxslar uchun mobil banking tizimidir. Hamkor Mobile tizimi joriy qilinganiga bir necha yil bo‘lganiga qaramasdan, xozirgi kunga kelib unda 30 dan ortiq to‘lov turlari mavjud. Bundan tashqari ushbu dastur turli bank operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatini ham beradi. Ularga: Bir plastik kartadan ikkinchi plastik kartaga mablag‘ o‘tkazish, Budjet tashkilotlariga to‘lovlar, Tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar, Mobil aloka va internet provayderlar uchun to‘lovlar, Kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar, Kabel va rakamli televideniya uchun to‘lovlar, Barcha bank kreditlarini so‘ndirish uchun to‘lovlar, Soliq va majburiy to‘lovlar, hamda yo‘l xarakati xavfsizligi boshqarmasi jarimalari uchun to‘lovlar kiradi. 

Dasturda shuningdek yaqindagina joriy etilgan – “Onlayn omonat” xizmati ham o‘rin olgan. Hamkorbank O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Hamkor Mobile ilovasi yordamida omonatlarni ariza va blankalarsiz, bankka tashrif buyurmasdan rasmiylashtirishni yulga qo‘ydi.

Bir so‘z bilan aytganda doimiy shiori birgalikda yuksalish sari bo‘lgan Hamkorbank bundan keyin xam jismoniy shaxslar uchun masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarini yanada rivojlantirishda davom etadi.  

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40613 | Инструменты