Huawei 1
Birjada bir haftada 48 037 ta bitim tuzildi, polietilen, shakar va texnik chigit narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 17 – 23 mart kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 48 037 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 16,7% ga kamdir. Ularning 51,2% birja savdolariga, qolgan 48,8% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 107,9 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 2 770 ta avtoraqamlar sotildi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 24 593 ta bitim tuzildi.

Polietilen

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 5 112,0 tonna polietilen qo‘yildi va undan 3 352,0 tonnasi, yaʼni 65,6% sotildi. 

Ko‘rib chiqilayotgan davrda polietilen bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 15 979,6 ming so‘mdan 15 282,1 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 40 ta xaridor ishtirok etdi.

Shakar

Birja savdolari orqali 2 085,0 tonna shakar sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 521,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakar bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 12 384,3 ming so‘mdan 11 659,7 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 7 ta xaridor ishtirok etdi.

Texnik chigit

O‘tgan haftada 10 802,0 tonna texnik chigit birja savdolari orqali sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 8 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 2 701,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda texnik chigitning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 5 176,0 ming so‘mdan 4 108,4 ming so‘mgacha pasayganini taʼkidlash lozim.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 43006 | Инструменты