O‘tgan hafta davomida, yaʼni 24-30-mart kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 51 391 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 7,0% ga ko‘pdir. Ularning 50,7% birja savdolariga, qolgan 49,3% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 126,9 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 612 ta avtoraqamlar sotildi.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 26 080 ta bitim tuzildi.
Paxta yog‘i
O‘tgan haftada birja savdolari orqali 2 611,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 18 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 16 919,2 ming so‘mdan 14 593,2 ming so‘mgacha pasaydi.
Katodli mis
Birja savdolariga 4 446,0 tonna katodli mis qo‘yildi va undan 2 280,0 tonnasi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 456,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda katodli mis bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 138 005,3 ming so‘mdan 136 315,1 ming so‘mgacha pasaygan. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 10 ta xaridor ishtirok etdi.
Shrot
O‘tgan hafta davomida birja savdolarida 7 818,0 tonna shrot sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 14 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 1 564,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shrotning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 4 523,0 ming so‘mdan 3 889,8 ming so‘mgacha pasaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51101 | Инструменты