Huawei 1
Birjada 3 174,6 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi, un, paxta yog'i va shrotning narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 21-27-oktabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 3 174,6 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 0,6% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 82,8% birja savdolariga, qolgan 17,2% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 891,3 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 112,3 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 806 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 15,0 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 627,3 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Un

Birja savdolariga 52 412,0 tonna un qo‘yildi va uning 9 729,0 tonnasi, yaʼni 18,6% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 88 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda 1-navli un bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 624,3 ming so‘mdan 3 521,1 ming so‘mgacha pasaydi. Unning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 1 946,0 tonnani tashkil qildi.

Paxta yog‘i

O‘tgan hafta davomida birja savdolari orqali 2 209,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 40 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 13 846,8 ming so‘mdan 11 956,9 ming so‘mgacha pasaydi.

Shrot

Birja savdolarida 4 997,0 tonna shrot sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 15 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 999,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shrotning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 4 720,6 ming so‘mdan 3 762,0 ming so‘mgacha pasaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110607 | Инструменты