Huawei 1
Birjada 2,9 trln so'mlik tovarlar sotildi, shrot, paxta yog‘i va karbamid narxi pasaydi

29 - aprel – 5 - may kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 974,3 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 0,6% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 68,0% birja savdolariga, qolgan 32,0% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 023,8 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Shrot

Birja savdolariga 15 860,0 tonna shrot qo‘yildi va uning 8 602,0 tonnasi, yaʼni 54,2% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 23 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shrot bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 138,7 ming so‘mdan 3 730,9 ming so‘mgacha pasaydi. Shrotning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 1 720,0 tonnani tashkil qildi.

Paxta yog‘i

O‘tgan haftada birja savdolarida 3 868,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 15 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 10 191,8 ming so‘mdan 7 099,2 ming so‘mgacha pasaydi.

Karbamid 

O‘tgan haftada birja savdolariga 23 131,0 tonna karbamid qo‘yildi va uning 19 126,0 tonnasi, yaʼni 82,7% qismi sotildi.O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 177 ta xaridor ishtirok etdi. 

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha markali karbamidning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3 765,2 ming so‘mdan 3 614,1 ming so‘mgacha pasaygan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120413 | Инструменты