Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi “Ipak yoʻli” sanoat zonasi hududida tashkil etilgan texnikum faoliyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi “Ipak yoʻli” sanoat zonasi hududida joylashgan texnikum faoliyati bilan tanishdi

“Andijon-Huanya” xalqaro texnikumi ana shu maqsadda tashkil etilgan. Texnikum “Ipak yoʻli” hududidagi toʻqimachilik, mashinasozlik, elektrotexnika va boshqa yuqori texnologiyali korxonalar uchun talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda mutaxassislar tayyorlaydi.Loyihaning umumiy qiymati 15 million dollarni tashkil etib, toʻliq xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirildi. Natijada 150 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Toʻrt gektar maydonda 5 ming nafar oʻquvchiga moʻljallangan zamonaviy oʻquv binosi qurib bitkazildi. Keyingi bosqichda yotoqxona, laboratoriya binosi, sport maydonchasi, oshxona va yashil hudud barpo qilinadi.

Muassasada dual taʼlim tizimi joriy etilgan. Oʻquvchilar nazariy bilimlarni texnikumda egallab, amaliyotni sanoat zonasidagi yirik korxonalarda oʻtaydi. Shu tariqa ular oʻqish davridayoq ishlab chiqarish jarayoni, zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan yaqindan tanishadi.

Texnikum joriy yil iyun oyida ishga tushirildi. Hozirda bu yerda 210 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. 2030-yilga qadar yillik qabulni 1 ming 800 nafarga, oʻquvchilarning umumiy sonini esa 4 ming nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarining soni 20 tagacha koʻpaytiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92316 | Инструменты