Huawei 2
Birjada 1 654,8 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi, suyultirilgan gaz, shakar va paxta yog'i narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 18-24-mart kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 1 654,8 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 51,3% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 82,7% birja savdolariga, qolgan 17,3% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 368,2 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Suyultirilgan gaz

Birja savdolariga 8 635,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va uning 6 256,0 tonnasi, yaʼni 72,4% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 263 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5 198,8 ming so‘mdan 5 155,9 ming so‘mgacha pasaygan.

Shakar

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolarida 8 304,0 tonna shakar qo‘yildi va uning 4 991,0 tonnasi yaʼni 60,1% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 108 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 13 576,1 ming so‘mdan 12 970,4 ming so‘mgacha pasaygan.

Paxta yog‘i

Birja savdolari orqali 1 179,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 15 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 11 724,8 ming so‘mdan 9 899,7 ming so‘mgacha pasaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga