Huawei 1
Xorazmda Eron kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilishi mumkin

Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida O'zbekiston va Eronning tegishli vazirlik hamda tashkilotlarining mutasaddi vakillari o'rtasida videokonferensiya tashkil etildi

Uchrashuvda O'zbekiston tomonidan transport vazirining birinchi o'rinbosari Mamanbiy Omarov, tog'-kon sanoati vazirining birinchi o'rinbosari Azam Kadirxodjayev, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarma boshlig'i Azizbek Salohiddinov, Xorazm viloyati hokimi o'rinbosari Anvar Davletov, shuningdek, Savdo-sanoat palatasi va boshqa tashkilotlar vakillari qatnashdi. Eron tomonidan esa sanoat, konlar va savdo vaziri o'rinbosari Mehdi Zeyg'amiy, ushbu mamlakatning O'zbekistondagi elchisi Muhammad Ali Iskandariy va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Muloqot davomida O'zbekiston va Eron kompaniyalari ishtirokida umumiy qiymati 160 million dollarga teng bo'lgan 29 ta qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Xorazm viloyatida Eron kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasini tashkil etish va 23 ta investitsiyaviy loyihaga hamkorlar topish istiqbollari xususida fikr almashdilar.

Muzokaralar yakunida Eron elchisi Muhammad Ali Iskandariyning Xorazm viloyatiga tashrifini uyushtirish va viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati hamda taklif etilayotgan investitsiyaviy loyihalar taqdimotini o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga