Huawei 2
Pokiston hukumati 500 mingdan ortiq soliq to‘lamaganlarning aloqalarini uzib qo‘ymoqchi

Pokiston hukumati Milliy telekommunikatsiya boshqarmasi va mahalliy telekommunikatsiya kompaniyalariga mamlakat soliq tizimida ro‘yxatdan o‘tmagan shaxslarga tegishli 500 mingdan ortiq mobil telefon SIM-kartalarini blokirovka qilishni buyurdi.

Geo TV ning xabar berishicha, bu chora 2023-moliya yili uchun daromad soligʻi deklaratsiyasini topshirmagan Pokiston fuqarolariga taʼsir qiladi. Telekommunikatsiyalar boshqarmasi va telekommunikatsiya kompaniyalari 2024-yil 15-maygacha hukumat ko‘rsatmasiga rioya qilishlari kerak.

Yuqorida qayd etilgan shaxslarning SIM-kartalari Federal daromadlar byurosining keyingi xabarnomasiga qadar bloklangan holda qoladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga