Huawei 2
Fuqarolar o‘rtasidagi belgilangan chegaradan oshgan pul o‘tkazmalari nazorat qilinishi mumkin

Avvalroq, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishga qaratilgan prezident qarori loyihasi ishlab chiqilib, hukumatda ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar berilgandi.

Hujjat bilan, Soliq qo‘mitasi hamda Markaziy bank o‘rtasida ikki oy muddatda P2P operatsiyalarida muayyan chegaradan oshgan tranzaksiyalar bo‘yicha o‘zaro ma’lumot almashinuvi yuzasidan memorandum imzolash belgilanmoqda

Bu tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar jismoniy shaxslarning plastik kartalari (P2P) orqali amalga oshirilishini tartibga solish, yashirin iqtisodiy operatsiyalarni aniqlash hamda bu orqali shaffoflikni ta’minlash maqsadida ilgari surilmoqda.

Shuningdek, regulyator va qo‘mita tomonidan o‘zaro ma’lumotlar bazalarini himoyalangan kanallar orqali integratsiya qilgan holda inson omilisiz mazkur ma’lumotlarni qayta ishlash hamda risklarni aniqlash imkoniyatiga ega tizimni yo‘lga qo‘yish taklif etilgan.

Bunda, amalga oshirilgan tranzaksiyalarning yillik hajmi quyidagi miqdorlarni tashkil etganda ma’lumotlar qayta ishlanishi mumkin:

- 100 mln so‘mdan oshdan jismoniy shaxslar;

- 500 mln so‘mdan oshgan tadbirkorlar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga