O‘zbekiston Respublikasining milliy aviatashıuvchisi — Uzbekistan Airways aviakompaniyasi, Boeing kompaniyasi bilan 14 ta Boeing 787-9 Dreamliner samolyotini xarid qilish va yana 8 ta shu turdagi havo kemasini opsion sifatida olish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Ushbu kelishuv aviakompaniyaning parkni modernizatsiya qilish va uzoq masofali parvozlar salohiyatini oshirishga qaratilgan uzoq muddatli dasturining bir qismi hisoblanadi. Samolyotlar yetkazib berish 2031-yildan boshlanadi.
Keng fyuzelyajli samolyotlar parkini kengaytirish Uzbekistan Airwaysga asosiy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish imkoniyatlarini ko‘paytirish, reyslar jadvalini barqarorlashtirish hamda marshrutlar tarmog‘ini rivojlantirish imkonini beradi. Bu esa Markaziy Osiyoni Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bilan bog‘laydi. Loyiha milliy rivojlanish dasturi — «O‘zbekiston–2030» maqsadlariga javob beradi va aviakompaniyaning strategik vazifasi — Toshkentni mintaqaning yetakchi xalqaro tranzit xabiga aylantirish maqsadiga xizmat qiladi. Shu orqali turizm, investitsiyalar va xalqaro hamkorlik rivojiga keng yo‘l ochiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92401 | Инструменты