Toshkent–Samarqand yangi temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslari tayyor bo‘ldi

Toshkent–Samarqand yo‘nalishida yuqori tezlikdagi alohida yo‘lovchi temiryo‘lini qurish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari taqdim etildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Loyiha TIAsi – Janubiy Koreyaning to‘rtta kompaniyasidan iborat konsorsium tomonidan ishlab chiqildi. Konsorsium tarkibiga “Saman Engineering”, “Dong Myeong Engineering Consultants & Architecture Co., Ltd”, “Korea Railroad Corporation” va “Korea National Railway” kiradi.

Tayyor bo‘lgan loyiha 16 dekabr kuni taqdim etildi. Taqdimot tadbirida Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati, tegishli vazirlik va idoralarning masʼul xodimlari, Koreya Eksport-import banki, Xalqaro moliya tashkilotlari vakillari hamda Koreya kompaniyalaridan iborat konsorsium vakillari ishtirok etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121719 | Инструменты