Timur Ishmetov: Elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga 500 mlrd, “O'zbekneftegaz“ga 400 mlrd, “Toza hudud” tashkilotiga 60 mlrd so'm ajratilayapti
Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida qatnashgan Moliya vaziri Timur Ishmetov pandemiya sharoitida davlat tashkilotlarini qo'llab-quvvatlab turish muhimligi haqida aytib o‘tdi.
"Ijtimoiy himoya, ya'ni jamoat ishlarini tashkil etish uchun birinchi bosqichda 50 milliard so'm ajratilgan. Aslida 200 milliard mablag' belgilangan edi. Asosiy ish, ko'mak shu yo'nalish hisoblanadi.
Shu vaziyatda davlat tashkilotlarini qo'llab-quvvatlab turish shartmi, degan savol tug'iladi. Bu shart. Qanday muammo va fikrlar bo'lishidan qat'i nazar. Gaz, suv, elektr xonadonlarda uzluksiz bo'lishi uchun bu kerak. Elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi tashkilotlar uchun 500 milliard, “O'zbekneftegaz“ uchun 400 milliard, “Toza hudud” tashkilotiga 60 milliard so'm ajratilayapti.
Inqirozga qarshi kurash jamg'arma mablag'larini to'rtta yo'nalishda sarflash belgilangan. Lekin o'zgartirish ham bo'lishi mumkin. Shulardan, sog'liqni saqlash sohasi birlamchi. Muhimi, hozir insonlar salomatligi. Kerak bo'lsa, boshqa sohalarni qisqartirib bo'lsa ham sog'liqni saqlash sohasiga ko'proq mablag' ajratish imkoniyatiga egamiz", - dedi Timur Ishmetov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41221 | Инструменты