2024-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuk avtomobillari soni 240 917 tani tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot bermoqda.
Qayd etilishicha, 2023-yilning 1-yanvar holatiga ushbu ko‘rsatkich 219 628 tani tashkil etgan.
Shuningdek, bir yil davomida jismoniy shaxslarga tegishli yuk avtomobillari soni 21 289 taga ko‘paygan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61506 | Инструменты