"O'zbekinvest" eksport-import sug'urta kompaniyasi" AJning asosiy vazifalari belgilandi
Bugun 30 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekinvest" eksport-import milliy sug'urta kompaniyasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 46-sonli qarori qabul qilingani haqida xabar berib o'tgandik.
Qarorga ko'ra "O'zbekinvest" EISK" AJning asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilandi:
- eksportni sug'urta bilan qo'llab-quvvatlash bo'yicha kompleks xizmatlarni, shu jumladan xaridorlarning krediti, qisqa muddatli debitorlik qarzi, yetkazib beruvchining krediti, tasdiqlangan akkreditiv,eksportchining aylanma mablag'larini to'ldirish uchun berilgan kredit, eksport faktoringi va eksportni sug'urta bilan qo'llab-quvvatlashning boshqa instrumentlarini taqdim etish;
- xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga kiritiladigan to'g'ridan-to'g'ri va portfel investitsiyalarning kompleks sug'urta himoyasini ta'minlash;
- O'zbekiston Respublikasining sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonunchiligiga muvofiq boshqa sug'urtalash turlarini amalga oshirish;
- xorijiy mamlakatlarning eksport-kredit agentliklari, sug'urta va qayta sug'urta kompaniyalari bilan tijorat va siyosiy xatarlarni sug'urtalash bo'yicha hamkorlik o'rnatish;
- xalqaro, xorijiy va mahalliy sug'urta tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, birgalikda sug'urta va qayta sug'urta operatsiyalarini amalga oshirish.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52723 | Инструменты