Huawei 1
O'monda "Made in Uzbekistan" brendi ostidagi mahsulotlar ko'rgazmasi tashkil etiladi

O'zbekiston elchisi Adusalom Xatamov O'mon Savdo-sanoat palatasi (SSP) raisi shayx Feysal al-Ravvos bilan uchrashuv o'tkazdi

Muloqot chog'ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalarda O'zbekiston-O'mon hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar O'mon ishbilarmon doira vakillarining O'zbekistonda investitsiyaviy loyihalardagi ishtirokini faollashtirish, mamlakatimizda yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratdilar.

Shayx Feysal al-Ravvos joriy yilning 2-3-may kunlari bo'lib o'tadigan uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi ishida O'mon Savdo, sanoat va investitsiyani rivojlantirish vazirligi va Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasi ishtirok etishini bildirdi. Forum doirasida O'zbekiston va O'mon Savdo-sanoat palatalari o'rtasida yangilangan anglashuv memorandumini imzolash rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunida Maskatda "Made in Uzbekistan" brendi ostidagi o'zbek mahsulotlari ko'rgazmasini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga