“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ S&P Global Ratings tomonidan kredit reytingida “B+” darajasini oldi
OKMK jahon moliya bozori tahlilichilarining ijobiy bahosiga sazovor boʻldi. Bu haqda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ axborot xizmati ma'lum qildi.
Unga ko'ra, Oʻzbekiston mis ishlab chiqaruvchisi - “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ dunyoda kuchlikka uchlikka kiruvchi yetakchi reyting agentligi sanalgan S&P Global Ratings tomonidan kredit reytingida “B+” darajasi hamda “Barqaror” bashoratini oldi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Oʻzbekistonda eng yirik soliq toʻlovchi korxonalar roʻyxatida ikkinchi oʻrinda turadi.
Mamlakatda olinadigan misning 90%i, kumush va oltinning 20%i kombinat hissasiga toʻgʻri keladi.
Korxonada ishlab chiqarish hajmining oshirilishi tizimli bajarilayapti hamda ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish muvaffaqiyatli olib borilmoqda.
Dunyoning yetakchi eksperti tomonidan bildirilgan xalqaro eʼtirof mamalakatimizda yirik kon-metallurgiya tarmogʻini raqobatbardoshligini oshirishda keng qamrovli oʻzgarishlar amalga oshirilayotganligining, ularni investitsiyaviy jozibadorligini oshirishning, korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etilishi natijasidir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50316 | Инструменты