Huawei 1
O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida 1 903 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda

Statistika agentligining maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yil 1-noyabr holatiga O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 1 903 ta tashkil etgan.

Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 2023 yilning mos davriga nisbatan 136 taga oshgan.

Turkiya kapitali ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning 534 tasi qo‘shma korxona va 1 369 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi.

2024 yil yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida 317 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.

Yillar kesimida O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni:

- 2021 yilda – 321 ta;

- 2022 yilda – 288 ta;

- 2023 yilda – 218 ta;

- 2024 yilda – 317 ta. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120612 | Инструменты