Huawei 1
O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 373,5 trln so‘mni tashkil etgan

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar-may oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 373,5 trln so‘mga yetgan. 

Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davri bilan solishtirilganda 73,5 trln so‘mga yoki 13,3 % ga oshgan.

Maʼlumot uchun: 2024 yil yanvar-may oylarida xizmatlar hajmi 300 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish surʼati 113 % ni tashkil etgan.

2025 yilning yanvar-may oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 9,9 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11 % ga oshgan.

2025 yilning tahlil qilinayotgan davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 202,6 trln so‘mni yoki bozor xizmatlari umumiy hajmining 54,2 % ini tashkil etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62400 | Инструменты